18:54 / 04.11.2015
3216

Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar Hindiston Super-ligasida ishlaydi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Hindiston Super-ligasi o‘yinlarini boshqarish uchun taklif oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lumot uchun, Hindiston Super-ligasida o‘yinlar sentabrdan dekabrgacha o‘tkaziladi. Unda 8 jamoa qatnashib, o‘zaro ikki boradan to‘qnash kelishadi. Keyinchalik eng yuqoridagi to‘rt jamoa o‘zaro yarim final hamda final o‘yinlarini o‘tkazadi. Yarim final o‘yinlari uy-safar tizimida o‘tsa, final uchrashuvi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Rashan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi aynan chempionatning final bosqichi o‘yinlarnida ishlash uchun taklif etilgan. O‘yinlar 23 noyabrdan 7 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam berishadi.

Top