15:10 / 04.11.2015
2771

Hyundai Motor qimmatbaho mashinalar uchun alohida bo‘linma tashkil qilmoqda

Janubiy Koreyaning kompaniyasi qimmatbaho premium mashinalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yangi bo‘linma tashkil qilinishini aytdi. Seulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida korporatsiya rahbari Chon Iy Sonning ta'kidlashicha, brend Genesis nomiga ega bo‘ladi.

“Kompaniya tomonidan bunday qarorning qabul qilinishiga sabab bitta – bizning mijozlarimiz, - dedi Iy Son. – Genesis insonga yo‘naltirilgan muhtasham avtolar ishlab chiqaradi”.
Yangi brend ostida sotiladigan birinchi ulov 2-avlod Equus sedani bo‘ladi. U ichki bozorda EQ900, tashqi bozorda G90 nomi ostida sotiladi. Uning keng ommaga namoyishi dekabrda o‘tkaziladi.

2020 yilga kelib brend tarkibida 6 model, shu jumladan, yo‘ltanlamas va sport-kupe bo‘ladi.
Dastlab Genesis Hyundai Motor’ning dilerlik tarmog‘idan foydalansa, 2020 yilga kelib o‘z tarmog‘ini yaratadi.

Top