09:50 / 04.11.2015
2555

Italiya tashqi ishlar vaziri: O‘zbekistonning insoniy va intellektual salohiyati qiziqish uyg‘otadi

O‘zbekistonga Italiya TIV delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Mikele Valensize boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Italiya TIV muzokaralarining navbatdagi raundida ishtirok etdi.

O‘zbekiston tashqi siyosiy idorasida o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra xorijiy delegatsiya rahbari “Jahon” agentligiga intervyu berdi.
“Bu safargi, beshinchi muzokaralarimiz doirasida biz turli yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik, - dedi Valensize. – Siyosiy kun tartibidagi masalalar bilan bir qatorda ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi”.

Shuningdek, Italiya vakili dialog madaniyat almashuvi, xususan, ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida ham davom etishini ma'lum qildi.

Top