17:41 / 04.11.2015
2943

Janubiy Sudan hukumati: Halokatga uchragan An-12 samolyotidagilardan 2 nafari tirik qoldi

Janubiy Sudan hududida qulagan An-12 samolyoti bortida 17 nafar odam bo‘lgan. Ularning 15 nafari halok bo‘lgan, deydi mamlakat xaborot vazirligi vakili Pol Jyeykob Kumbo.

«Bizda hali aniq axborot yo‘q, ammo bizga ma'lum bo‘lgani samolyot Palochga ketayotganda qulab tushgan. Bu yuk tashuvchi samolyot bo‘lgan. Uning bortida 17 nafar odam bo‘lgan, shulardan 15 nafari halok bo‘lgan. Qolgan ikkisi, jumladan yosh bola ham tirik qolgan. Qulashga nima sabab bo‘lgani hali noma'lum», — dedi u.

Oldinroq, Janubiy Sudandagi samolyot qulashiga texnik muammo sabab bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida besh nafar rossiyalik ekipaj a'zolari bo‘lishgan.

Top