15:18 / 04.11.2015
8204

Janubiy Sudanda Rossiyaga tegishli samolyot qulashi natijasida 40dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudan markazi Jubadagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan yuk samolyoti aeroportdan 800 metr masofada qulab tushdi. Bu xabar Janubiy Sudan hukumati, prezident Ateni Vek Ateni tomonidan tasdiqlangan.

Samolyot bortida besh nafar rossiyalik bo‘lgan, ularning barchasi ekipaj a'zolari edi. AirLive ma'lumotlariga ko‘ra, qulagan havo kemasi — Rossiyaga tegishli An-12 samolyotidir.
Uning aytishicha, bortda jami 20 kishi bo‘lgan.

Voqea joyidagi manbalarning xabariga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli halok bo‘lganlar soni 40 nafardan ortiq.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, samolyotdagilardan ikki nafari omon qolgan va ulardan biri chaqaloq.

Top