18:19 / 04.11.2015
20086

Kerri: BMT Samarqandda yaratilgan edi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri BMT Samarqandda Amir Temur davrida yaratilganini aytdi. Bu bayonotni u Ostonada, Nazarboyev Universitet talabalari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

“Men o‘z ko‘zim bilan o‘sha joyni ko‘rdim, tog‘lar va dashtlar osha, odamlarni uchratdim, tovarlar va turli mintaqalar g‘oyalari uchradi, - dedi u. – Men bu ajoyib voqeani yana bir bora takrorlayman”. Shundan so‘ng u Ispaniya qiroli Genrix III ning Rui Gonzalez de Klavixo boshchiligida Temurga yo‘llagan elchiligi haqida qisqacha hikoya qildi.

“Bu turklar, arablar, musulmonlar, yahudiylar, yunonlar, armanilar, xristianlar, katolik va nestorianlar bilan birday muloqotda bo‘lingan shahardir. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nyu-Yorkda 70 yil muqaddam tashkil qilingan deb hisoblaymiz. Yo‘q. Bu Samarqandda bir necha yuz yil muqaddam sodir bo‘lgan”, - xulosa qildi Kerri.

Top