16:05 / 04.11.2015
2717

Keylor Navas "quruq o‘yin" o‘tkazish bo‘yicha YeChL rekordini qayd etdi

"Real" klubi darvozaboni Keylor Navas "quruq o‘yinlar" o‘tkazish bo‘yicha Chempionlar ligasi rekordini qayd etdi.

U "Real" bilan turnirdagi 6ta ketma-ket o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (540 daqiqa).

Avvalgi eng yaxshi natija ayni paytda "Atletiko" darvozaboni bo‘lgan Migel Anxel Moyyega tegishli edi. U "Valensiya" tarkibida 529 daqiqa davomida gol o‘tkazib yubormagan.

Top