09:54 / 04.11.2015
2096

«Manchester Siti» va «Real» YeChLning pley-off bosqich masalasini hal qilishdi

"Manchester Siti” va “Real” klublari ushbu mavsumda Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finali masalasini muddatidan oldin hal qilishdi.

Guruh bosqichining 4-turida madridliklar “PSJ”ni (1:0) kichik hisobda yengib, 10 ochko jamg‘ardi. Parijliklarda 8 ochko, “Shaxter” va “Malme”da 3 ochkodan. Endilikda, qolgan ikki turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar "Shaxter" va "Malme" "Real"ga yeta olmaydi.

“Manchester Siti” esa “Sevilya”ni (3:1) yengib, 9 ochko jamg‘ardi va pley-offga chiqdi. “Yuventus”da 8 ochko bor va “Sevilya” hisobida esa 3 ochko mavjud.

Top