AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i Mishel Obama Yaqin Sharqdagi kuchli qum bo‘roni sababli Iordaniyaga safarini bekor qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Qayd etilishicha, uning samolyoti parvozi “noqulay ob-sharoiti sababli” qoldirildi.
Obama qizlar ta'limini rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini namoyish etish maqsadida Qatardan Iordaniyaga uchishi lozim edi, deya xabar qilindi.