18:03 / 04.11.2015
4037

Misrda qulagan A321 samolyoti ekipajining barcha a'zolari aniqlandi

Rossiyaning Misrda halokatga uchragan A321 avialayneri ekipajining barcha a'zolarining tanalari aniqlandi. Bu haqda surishtiruv komissiyasi Rossiya matbuotiga xabar qildi.
“Ayni paytda 40 kishining tanasi tanildi. Ular orasida ekipajning barcha a'zolari bor”, - ma'lum qildi komissiya ishtirokchisi.

Ta'kidlanishicha, qurbonlar identifikatsiyasini qarindoshlari emas, “Kogalimavia” kompaniyasi xodimlari o‘tkazgan. Keyinchalik qoldiqlarning genetik tahlili ham o‘tkaziladi.

3 noyabr kechasi Moskvada Butunrossiya sud tibbiyoti ekspertizasi institutida qurbonlar tanalarining genetik ekspertizasi boshlangan edi.

Top