21:03 / 04.11.2015
4012

OAV: A321 samolyoti falokatiga “dvigatel yuzasida portlash” sabab bo‘lgan

Misrning Sinay yarimorolida Airbus A321 samolyotining falokatga uchrashiga dvigatel yuzasida yuz bergan portlash sabab bo‘lgan: bundan falokat sabablarini tergov qilish davomida olingan ma'lumotlar darak bermoqda, deb xabar bermoqda tergov komissiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Al-Masry Al-Youm nashri. 

Nashr manbasining aytishicha, mutaxassislar “qora qutilarni” o‘qishni yakunlashdi va birinchi natijalar 3 noyabrda xalqaro tergov komissiyasi yig‘ilishida taqdim qilindi.

Manba samolyotning qulashiga asosiy sabab sifatida “dvigatel yuzasida yuz bergan portlash”ni aytdi. Shu bilan birga portlash sababini qulash joyi va jasadlarda qolgan materiallarni laboratoriya tadqiqotlari yordamida o‘rnatish kerak bo‘ladi.

“Tergovda hali ham terakt sodir etilgani bo‘yicha gumonlar qolmoqda. Jasadlar va samolyot qoldiqlaridan olingan namunalar portlash terakt yoki dvigatelning texnik nosozligi tufayli sodir bo‘lganini aniqlashga yordam beradi”, deb aytdi nashr suhbatdoshi.

Top