11:27 / 04.11.2015
6427

Pekin Vashingtonni Xitoy suverenitetiga tahdid solishni to‘xtatishga chaqirdi

AQSh Xitoy suverenitetiga soya soluvchi “xavfli qadamlar” tashlamasligi lozim. Bu haqda XXR mudofaa vaziri o‘rinbosari Chan Vantsyuan Kuala-Lumpurdagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiya chog‘ida aytib o‘tdi.

Reuters agentligining xabar qilishicha, u o‘z murojaatini Pentagon rahbari Eshton Karterga yo‘llagan. Ayni paytda, Pentagon matbuot xizmatining xabar berishicha, Esh Karter xitoylik hamkasbi bilan uchrashuv chog‘ida AQSh Janubiy Xitoy dengizidagi hudud bahslarida hech qanday aniq pozitsiyani egallamaganini ta'kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, u tomonlarni sun'iy orollar yaratish hamda mintaqani harbiylashtirishdan tiyilishga chaqirdi.

Top