22:20 / 04.11.2015
3420

Peter Shmeyxel: "MYu" Gvardiola bilan shartnoma tuzishidan xavotirdaman

"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq darvozaboni, daniyalik Peter Shmeyxel "Bavariya" murabbiyi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

U "MYu"ga ushbu mutaxassisning kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qo‘rquv bilan qarayotganini ayon qilib o‘tgan.

"Meni ayni paytda eng ko‘p tashvishlantirayotgan narsa, Gvardiolaning "MYu" boshqaruviga kelishi hisoblanadi.

To‘g‘ri, uning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor, u bu uslubini qo‘llashdan hech qaytmaydi. U "Bavariya"ni o‘zgartirib yubordi, qaysiki, Yupp Xaynkess bilan trebl qayd etgan "Bavariya"ni.

Myunxenliklar hozirda tezkor o‘yin namoyish qilishmoqda. Jamoa butun maydon bo‘ylab harakatlanadi. Gvardiola futbolchilarni qanotlarda ko‘proq o‘yin qilishga majburlamoqda, lekin menimcha "Bavariya" avvalgidek shiddatli va kuchli futbol namoyish eta olmayapti", deydi Shmeyxel.

Top