17:27 / 04.11.2015
4483

Putin va Erdo‘g‘an Suriya masalasini muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbat qurdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Suhbat davomida tomonlar rus-turk hamkorligi, ikki tomonlama oliy darajadagi hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

«Putin va Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat borasida ham fikr almashishdi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, Vladimir Putin Erdo‘g‘anni Turkiyada 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Adolat va taraqqiyot partiyasi g‘alaba qozongani bilan qutladi. O‘z navbatida Turkiya rahbari Misrda qulagan rus samolyoti bo‘yicha hamdardlik bildirib o‘tdi.

Top