18:48 / 04.11.2015
2297

Tbilisida O‘zbekiston-Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari uchrashdi

3-4 noyabr kunlari Tbilisi shahrida Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Gruziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma'lum qiladi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi davlatlararo munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqat chog‘ida bo‘lajak turli darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy negizi inventarizatsiya qilindi, shuningdek, ikki tomonlama shartnomalar va boshqa hujjatlar loyihalari bo‘yicha ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.

Top