19:32 / 04.11.2015
1901

Ukrainalik amaldorlarga elektron pochtalarni faqatgina .gov.ua va .ukr domen zonalari orqali yuborish majburiyati qo‘yildi

Ukraina Vazirlar mahkamasi milliy internet segmentida davlat domen tashkilotlariga talablar to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deya xabar bermoqda «112 Ukraina».
Kuchga kirgan qarorga binoan, amaldor shaxslar xizmat yozishmalarini faqatgina .gov.ua va .ukr domen zonalariga joylashtirilgan elektron pochta qutilari orqali olib borish huquqiga ega.

Shuningdek, mazkur qaror rasmiy saytlarning nomlanishiga qo‘yilgan talablarni ham muvofiqlashtirib, ular rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotning to‘liq nomi yoki qisqartmasi (abbreviaturasi)ga mos keluvchi so‘z yoxud so‘z birikmasidan tashkil topishi lozimligi belgilandi.

Top