18:38 / 04.11.2015
5313

Xitoyda ikki osmono‘par bino o‘rtasida sakkiz raqamiga o‘xshash charxpalak-attraksion o‘rnatildi

Xitoyning Makao tumanida sakkiz raqamiga o‘xshash charxpalak ishga tushirildi. Traveller xabariga ko‘ra, mazkur attraksion Golden Reel nomini olib, stimpank (zamonaviylikni tasvirlovchi fantastika yo‘nalishlaridan biri) uslubida bunyod etildi.

Mahalliy kazino tashabbusi bilan qurilgan charxpalak balandligi 130 metr bo‘lib, Studio City mehmonxonasining ikki binosi o‘rtasiga o‘rnatilgan.

Attraktsion 17ta kabinadan tashkil topib, har biriga 10 kishi sig‘adi. Sayohatchilar 15 daqiqa davomida shahar manzarasidan bahra olishlari mumkin.
Chipta narxi kattalar uchun 13, bolalar uchun esa 10 dollarni tashkil etadi.

Top