10:49 / 04.11.2015
1817

Yil boshidan buyon Yevropa qirg‘oqlariga 750 mingdan ortiq qochqin kelib tushdi

Yevropaga O‘rta Yer dengizi orqali yetib kelgan qochqinlar miqdori yil boshidan buyon 750 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissari Antoniu Guterresh Bosh Assambleyaning 3-qo‘mitasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Yanvardan buyon Yevropa qirg‘oqlariga 750 mln kishi keldi. 3.4 mingdan ortiq odam suvga g‘arq bo‘ldi, qurbonlar soni ob-havo sharoitlarining yomonlashishi bilan yanada o‘smoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Uning so‘zlariga qaraganda, har kuni Gretsiya qirg‘oqlariga 6-8 ming kishi kelib tushmoqda.

Top