16:27 / 05.11.2015
3807

“Kogalimavia”ning Misrga uchib ketishga hozirlik ko‘rayotgan samolyoti shassisi shatak mashinasi tomonidan sindirib qo‘yildi

“Kogalimavia”ning Misrga uchib ketishga hozirlik ko‘rayotgan Airbus A321 samolyoti shassisi shatak mashinasi tomonidan sindirib qo‘yildi. Matbuotda ma'lum qilinishicha, layner Sankt-Peterburgdan Sharm ash-Shayxga uchib chiqishi lozim edi.

Voqea Peterburgning Pulkovo aeroportida sodir bo‘ldi. Aeroport matbuot kotibi Igor Laptyovning “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan ma'lumotiga qaraganda, ekipaj a'zolaridan biri tormozni bosganida buksir bundan bexabar bo‘lgan va harakatlanishda davom etgan. Buning natijasida shassi zarar ko‘rgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati hamda FVV mashinalari yetib keldi. Barcha yo‘lovchilar laynerni tark etib, aerovokzal kompleksiga joylashtirilmoqda.
Ushbu reys muqaddam ikki marta qoldirilgan edi.
Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Top