17:26 / 05.11.2015
2226

2015 yilda MDH temir yo‘llari orqali 14.8 mln yo‘lovchi va 1.4 mlrd tonna yuk olib o‘tildi

2015 yilning o‘tgan davrida MDH temir yo‘llari orqali 14.8 mln yo‘lovchi va 1.4 mlrd tonna yuk olib o‘tildi. Bu haqda MDHga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashining 63-yig‘ilishida aytildi.

Tadbir Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unga Rossiya temir yo‘llari rahbari Oleg Belozyorov raislik qilmoqda.
Kun tartibida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, joriy yilning o‘tgan uch choragiga yakun yasash singari masalalar bor.

O‘z navbatida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari Ochilboy Ramatov o‘z chiqishida bugungi kunda mamlakatdagi temir yo‘llar uzunligi 6 ming km ni tashkil qilayotganini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, respublika Yevrosiyo transport hududida yuk va yo‘lovchi tashishda muhim o‘rin tutishi alohida qayd qilib o‘tildi.

Top