15:55 / 05.11.2015
3231

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bugun Bishkekka Qirg‘iziston hukumatining taklifi bilan Tojikistonning bosh vazir o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurgan.

Uchrashuvda bahsli uchastkalarda qayta chegaralash va chegaralarni qaytadan belgilash masalalari ko‘rib chiqiladi. Xususan, Tojikistonga 12 ga chegaraoldi hududlarini o‘tkazish masalasi yuzasidan fikr almashiladi. Barcha bahslar mahalliy bosqichda hal qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston Tojikistondan yuqoridagiga teng uchastkalarni olishga umid qilmoqda. Gap Qirg‘izistonning Ko‘ktosh qishlog‘i ichida joylashgan Dahma nomli qishlog‘i haqida ketmoqda. U rasman Tojikistonga qaraydi.

Top