08:16 / 05.11.2015
3644

YeChLning 4-turi, «N» guruhi. «Zenit» guruhdan chiqish masalasini hal qildi

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi Yevropa chempionlar ligasida yo‘qotishlarsiz borayotgan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Villash-Boash shogirdlari 4 noyabr kuni oqshomida Fransiyada "Lion" ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Xalk uzatgan paslardan Artyom Dzyuba unumli foydalanib, fransuzlar darvozasiga ikkita to‘p yo‘lladi.

Ushbu g‘alabadan keyin 12 ochkoga jamg‘argan "Zenit" pley-off masalasini hal qildi. Keyingi turlarda jamoa 1 ochko olsa ham, guruhda 1-o‘rinni egallaydi.

Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Valensiya", kutilmaganda, safarda "Genk"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

YeChL, "H" GURUHI, 4-TUR
Lion Fransiya – Zenit Rossiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 25 Dzyuba, 0:2 – 57 Dzyuba.
Lion – Antoni Lopesh, Yanga-Mbiva, Bedimo, Jayye (Rafael, 61), Umtiti, Darder (Ferri, 77), Gonalon, Valbuena, Tolisso, Bovyu (Korne, 69), Lakasett.
Zenit – Lodigin, Lomberts, Krishito (Smolnikov, 73), Anyukov, Netu, Danni, Garsiya (Yusupov, 80), Vittsel, Shatov, Dzyuba (Ryazantsev, 83), Xalk.
Ogohlantirishlar: Vittsel (20), Gonalon (32), Krishito (46), Garsiya (54), Anyukov (56), Danni (74), Shatov (90).
Chetlatishlar: Gonalon (72), Anyukov (88).

Gent Belgiya – Valensiya Ispaniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 49, penalti Kums.
Gent – Zels, Nilsen, Mitrovich, Asare, Foke, Renato Neto, Sayyef (Raman, 55; Skapini, 85), Milichevich, Kums, Deyagere (Kulibali, 90), Depuatr.
Valensiya – Domenek, Aderlan Santos, Gayya, Barragan, Mustafi, Parexo, Xavi Fuego (Andre Gomesh, 63), Peres, Feguli (Joau Kanselu, 70), Santi Mina (Pyatti, 46), Pako Alkaser.
Ogohlantirishlar: Feguli (30), Mustafi (61), Andre Gomesh (72), Raman (73), Peres (85).

Top