15:19 / 05.11.2015
4890

FIFA reytingi: O‘zbekiston terma jamoasi 71-o‘rinda qayd etildi

FIFA rasmiy sayti oktabr oyi uchun terma jamoalar reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu reytingda o‘tgan oydigidan uch pog‘ona yuqoriladi va ayni vaqtda 71-o‘rindan joy oldi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hisobida 464 ochko mavjud.

Osiyo qit'asi terma jamoalari orasida O‘zbekiston 6-o‘rinda. Undan yuqori o‘rinlarni esa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya hamda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari egallab turibdi.

Jahon reytingida esa eng yuqori pog‘onada Belgiya terma jamoasi joylashgan. Kuchli uchlikdan, shuningdek, oxirgi jahon chempionati finalchilari Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rin olgan.

Reyting bilan tanishing:

1 Belgiya 1440
2 Germaniya 1388
3 Argentina 1383
4 Portugaliya 1364
5 Chili 1288
6 Ispaniya 1287
7 Kolumbiya1233
8 Braziliya 1208
9 Angliya 1179
10 Avstriya 1130
13 Italiya 1040
16 Gollandiya 976
23 Rossiya 885
24 Fransiya 881
28 Ukraina 806
43 Eron 651
48 Janubiy Koreya 606
50 Yaponiya 603
60 Avstraliya 573
67 BAA 495
71 O‘zbekiston 477
80 Saudiya Arabistoni 417
82 Iordaniya 411
84 Xitoy 403
85 Qatar 397
87 Iroq 392
115 Bahrayn 293
120 KXDR 288
137 Filippin 236

FIFAning to‘liq reytingi bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin.

Top