01:01 / 05.11.2015
2869

Finlyandiya afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish qoidalarini yangilaydi

Finlyandiya migratsiya xizmati noyabr oyi davomida afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishning yangilangan qoidalarini chop etishni rejalashtirmoqda. 4 noyabrda xizmat tomonidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, bu qoidalar Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni baholashga asoslanadi.

Migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan Finlyandiyaga 25,3 mingdan ko‘proq muhojir kelgan. Muhojirlarning asosiy qismini iroqliklar – 17 ming nafarni, afg‘onistonliklar esa 2 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi. Yana 2 mingga yaqin Somali fuqarolari ham bor. 2014 yilda Finlyandiya 4 mingga yaqin odamni qabul qilgan.

Oktyabrda iroqlik va somalilik qochqinlarni qabul qilishning qoidalari yangilangan edi – ularga qochqin maqomi berish qat'iylashtirildi. Bu shu bilan bog‘langanki, fin hukumatining baholashicha, bu davlatlardagi ba'zi hududlar yashash uchun yetarlicha xavfsiz hisoblanadi.

Finlyandiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatga yil oxirigacha 30-35 ming nafar boshpana so‘rovchilar kelishi mumkin.

Top