19:11 / 05.11.2015
4773

Fransiya o‘z flotining flagman kemasi “Sharl de Goll”ni IShID bilan kurashga jo‘natmoqda

Fransiya hukumati IShID terrorchilariga qarshi kurashga o‘z flotining flagman aviatashuvchi kemasi “Sharl de Goll” boshchiligidagi jangovor guruhni yubormoqda.

Ushbu qaror Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Suriya va Iroqdagi vaziyat bo‘yicha mudofaa kengashi bilan uchrashuvida qabul qilindi, deb ma'lum qilindi Yelisey saroyi saytida.

Olland Suriya ixtilofini siyosiy yo‘l bilan hal qilish muhimligi va Fransiya Bashar Asad boshchiligidagi Suriyaning kelajagini ko‘rmayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top