16:36 / 05.11.2015
3969

Google xodimlari Samsung Galaxy S6 Edge smartfonidan 11ta dasturiy kamchilik topdi

Google kompaniyasining xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari 2015 yilning eng mashhur smartfonlaridan biri bo‘lgan Samsung Galaxy S6 Edge’ning kamchiliklarini tekshirib chiqdi.

Samsung kompaniyasi buyurtmasiga asosan o‘tkazilgan tekshiruv 1 hafta davom etdi va unda Google’ning 10 nafar eng kuchli mutaxassislari ishtirok etdi. Tekshiruv natijasida smartfondan 11ta jiddiy dasturiy kamchilik topildi. Ularning ba'zilari Android’ga tegishli bo‘lsa, qolganlari Samsung ilovalaridan topilgan.

Google ushbu kamchiliklarni Samsung kompaniyasiga ma'lum qildi va ular shu oyda chiqariladigan “update” yordamida bartaraf etiladi. 

Top