07:28 / 05.11.2015
2196

Honda tormozdagi nuqsonni bartaraf qilish uchun AQShdan 145 mingta mototsiklini chaqirtirib olmoqda

Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik kompaniyasi AQSh bozoridan orqa tormozlardagi nuqsonni bartaraf etish maqsadida 145 mingta mototsiklini chaqirtirib olmoqda. Ma'lum qilinishicha, nosozlik yong‘in yoki falokatga olib kelishi mumkin.   

2001-2010 yillarda hamda 2012-2015 yillarda ishlab chiqarilgan GL1800 modelidagi mototsikllar chaqirtirib olinmoqda. Bundan tashqari, 2001-2005 yilda ishlab chiqarilgan GL1800A va 2013-2015 yillarda ishlab chiqarilgan GL1800B modelidagi mototsikllarda ham muammoli qismlar almashtiriladi.

Honda ma'lumotlariga ko‘ra, bu modellardagi orqa tormozlar ishlamay qolib, qizib ketishga va buning oqibatida yong‘inga olib kelishi mumkin. Kompaniya 2014 yilda shu nuqson tufayli yuz bergan 8 ta yong‘in holatidan xabari bor. Avvalroq ham kompaniya shu muammo tufayli bir nechta modeldagi mototsikllarni chaqirtirib olgan edi.    

Top