09:43 / 05.11.2015
2704

Kraft Heinz yettita zavodini yopmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Amerikaning Kraft Heinz kompaniyasi yettita zavodini yopish to‘g‘risida e'lon qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Qayd etilishicha, Shimoliy Amerikadagi zavodlar yopiladi.

Xabarda keltirilishicha, buning natijasida 2,6 ming kishi ishdan bo‘shatiladi.
Avvalroq Kraft Heinz korporatsiyasi AQSh va Kanadada 2,5 ming ishchini bo‘shatishi to‘g‘risida xabar qilingan edi. Ishdan bo‘shatishlar kompaniya xarajatlarini qisqartirish dasturi asosida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot uchun, Amerikaning ketchuplari bilan mashhur oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Heinz (Haynts) kompaniyasiga 1903 yilda asos solingan. 2015 yilning mart oyida 1903 yilda asos solingan yana bir Kraft Foods Inc. kompaniyasi bilan birlashib, yagona The Kraft Heinz Company korporatsiyasi tashkil etildi. Heinz aksionerlari nazorat paketining 51 foiziga ega bo‘ldi.

Kompaniya ketchup, souslar, tuzlamalar, sho‘rvalar, muzlatilgan mahsulot va boshqalar ishlab chiqaradi. Heinz AQSh ketchup bozorining 60 foizini egallagan, dunyoning 50 mamlakatida esa ikkinchi o‘rinda turadi. Kompaniyada 37,500 kishi (2005 yilgi ma'lumot) mehnat qiladi.

Top