16:20 / 05.11.2015
4337

Kreml AQSh va Britaniyaning A321 halokati haqidagi versiyalarini “spekulyatsiya” deb atadi

A321 laynerining halokati haqida taxminlar ilgari surish tergovga yarashadi, boshqalar esa faqat tekshirilmagan axborotni yoki quruq spekulyatsiyalarni bayon qilmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Biz ilgari ham aytgan edik, yana bir bora takrorlaymiz: bo‘lib o‘tgan voqeaning sabablari yuzasidan versiyalarni faqat tergov ilgari sursa bo‘ladi. Lekin ular hozircha hech qanday bayonotlar bermadi. Boshqa bayonotlar esa tekshirilmagan axborot yoki spekulyatsiya xarakteriga egadir”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

“Agarda ular jiddiyroq ma'lumotlarga ega bo‘lsalar, ularni tergovga taqdim etishiga umid qilamiz”, - qo‘shimcha qildi Peskov.

Top