15:30 / 05.11.2015
5542

Lavrov: Rossiya o‘zini arosatda qoldirish niyatida emas

Rossiya boshqa davlatlarning tutayotgan yo‘llariga qaramasdan, o‘zini siyosiy sahnada yakkalanib qolgan deb hisoblamaydi va o‘zi uchun yangi dushmanlar orttirmaydi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qilgan.

"Prezident (RF prezidenti Vladimir Putin - Kun.uz izohi) ta'kidlaganidek, boshqa davlatlarning harakatlari shuni ko‘zlab amalga oshirilayotganiga qaramasdan, Rossiya o‘zini izolatsiyalash yo‘lidan yurmaydi va o‘zi uchun yangi dushmanlar qidirmaydi. Biz hamisha teng huquqli va o‘zaro hurmat asosidagi hamkorliklarga tayyormiz", deydi Lavrov.

Top