10:19 / 05.11.2015
2927

Luis Enrike: Hozir Messi haqida gapirishning o‘rni emas, biz yaxshi o‘ynab, g‘alabalar qilmoqdamiz

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike YeChL doirasida BATEga qarshi kechgan uchrashuv (3:0) dan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Chempionlar ligasida g‘olib chiqish hamisha qiyin bo‘lib kelgan. Bu o‘yindagi g‘alaba orqali biz ahvolimizni ancha yaxshiladik. O‘yindagi yagona noxush hodisa Rakitich jarohat olgani bilan bog‘liq vaziyat. U keyingi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi aniq. Lekin u tezroq tiklanishiga umid qilaman.

Bizda hozirda jarohatlardan saqlanishda ishlar ko‘ngildagidek emas.

Shogirdlarim bu o‘yinda g‘alaba qilgani, gol o‘tkazmagani va 3 ochko olganidan xursandman. Buskets o‘yinni a'lo darajada o‘tkazdi.

Albatta bizga Messi yetishmadi. Ammo avval ham aytganimdek, bizda iqtidorli futbolchilar yetarli. Hozir Messi haqida gapirishga hojat yo‘q, biz usiz ham ajoyib o‘yin namoyish qilmoqdamiz va g‘alabalarga erishmoqdamiz", - deydi Luis Enrike.

Top