12:03 / 05.11.2015
2499

MDH temiryo‘lchilari Toshkentda hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

MDHga a'zo mamlakatlar Temir yo‘l transporti kengashining 63-majlisi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Uni kengash raisi, Rossiya temir yo‘shllari" kompaniyasi prezidenti O.Belozyorov ochdi.

"Gazeta.uz" nashri xabariga ko‘ra, majlisda hamkorlikni yanada rivojlantirish va Hamdo‘stlikka a'zo mamlakatlar temir yo‘l transporti kengashining avvalgi majlislari doirasida erishilgan kelishuvlar qanday amalga oshirilayotganiga oid masalalar muhokama etildi hamda shu yilning 9 oyi davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.

O‘tgan davrda Hamdo‘stlik mamlakatlarining po‘lat izlari orqali 1,4 milliard tonna yuk tashilgani va bu qabul qilingan majburiyatlardan 15 foiz ko‘p ekani, shuningdek, tashishlar o‘rtacha masofasi 3,5 foiz oshgani qayd etildi.

Hisobot davrida konteynerlarda 20 million tonna yuk tashildi va bu qabul qilingan majburiyatlardan 6,1 foiz ko‘pdir. 2015 yilning to‘qqiz oyida xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar soni 14,8 million kishini tashkil etdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Hamdo‘stlikka a'zo boshqa mamlakatlarning sanoat, ilmiy va ekspluatatsiya korxonalari, kadrlarni sifatli tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlari bilan yaqin aloqalarni kengaytirmoqda, MDH temir yo‘l transporti ma'muriyatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Top