09:52 / 05.11.2015
3964

Navoiyda yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda

Navoiy shahrida AKFA kompaniyasi tomonidan yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda. Bu haqda kompaniyaning import departamenti menejyeri Kamron G‘ulomov bayonot berdi.

“Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida ta'kidlashicha, korxonaning yillik salohiyati 40 ming alyuminiy profilga tengdir. “Korxona ishga tushirilganidan so‘ng biz tomonimizdan Navoiy erkin industrial va iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi o‘sishi kutilmoqda, - dedi G‘ulomov.

– Ular Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Avstriya, Polsha, Chexiya va boshqa davlatlarga eksport qilinadi”.

Top