10:32 / 05.11.2015
2691

Nazarboyev Fransiya rahbariyati bilan Qozog‘istondagi sarmoyalar hajmini oshirishni muhokama qiladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Fransiya rahbariyati va tadbirkorlar doirasi bilan mamlakat iqtisodiyotiga sarmoyalar miqdorini oshirishni muhokama qiladi. Qozog‘iston yetakchisni matbuot kotibi Dauren Abayev ma'lumotiga ko‘ra, 5 noyabrda boshlanadigan Fransiyaga tashrifi doirasida Nazarboyev Fransua Olland va fransuz tadbirkorlari bilan muzokaralar olib boradi.

“Bir qator jiddiy tijoriy bitimlar imzolanishi kutilmoqda”, - deyiladi Nazarboyev matbuot xizmati xabarida.
Fransiya Qozog‘istonning eng yirik sarmoyador va iqtisodiy sheriklaridan hisoblanadi. Mazkur mamlakat tadbirkorlari Qozog‘istonga 11 mlrd dollardan ziyodroq investitsiya kiritgan. Ayni paytda qo‘shni davlatda 130ta fransuz kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.

Nazarboyev Britaniya poytaxtidan tadbirkorlar doirasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida umumiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil etuvchi 40ta bitimni imzolaganidan so‘ng Fransiyaga parvoz qildi. Parijga tashrifi doirasida Nazarboyev YuNeSKO bosh direktori Irina Bokova bilan ham uchrashib, tashkilot bosh konferensiyasining 38- sessiyasida chiqish qiladi.

Top