17:52 / 05.11.2015
3060

OAV: Osloda Vimpelcom telekommunikatsiya xoldingining sobiq boshlig‘i qo‘lga olindi

Vimpelcom Ltd. telekommunikatsiya xoldingining sobiq boshlig‘i Jo Lunder Oslo aeroportida hibsga olindi. Bu haqida uning advokati Kato Shyots xabar bergan.
Yuristning so‘zlariga muvofiq Lunderga nisbatan ayblov qo‘yilgan. Shyotsning o‘zi mazkur ayblov bilan hali tanishganicha yo‘q. Advokatning ma'lum qilishicha, gap Vimpelcom Ltd.da sodir bo‘lgan korrupsiya harakatida Lunderning aloqadorligi xususida bormoqda.

Iqtisodiy jinoyatga qarshi Norvegiya bo‘limi vakillari hibs haqida hech narsa deyishmayapti, ammo bu voqeani inkor ham etishmayapti.

Jo Lunder 2011 yilda VimpelCom Ltd.da rahbar bo‘lib kelgan edi. U o‘z lavozimini 2015 yilning aprel oyida tark etdi. Uning o‘rniga fransuz operatori SFR kompaniyasining sobiq rahbari Jan Iv Sharle tayinlangan edi.

Top