11:09 / 05.11.2015
4800

Obama: AQShning xorijdagi ta'siri u okkupatsiya qilgan mamlakatlar soniga bog‘liq emas

AQShning xorijdagi ta'siri u okkupatsiya qilgan mamlakatlar yoki uchirilgan raketalar soniga bog‘liq emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Barak Obama Demokratik partiya uchun mablag‘ to‘plash tadbiridagi ishtiroki chog‘ida aytib o‘tdi.

“Xalqaro sahnadagi qudratimiz biz qancha mamlakatni okkupatsiya qilganimiz yoki nechta raketa uchirganimiz bilan o‘lchanmaydi”, - dedi u.
Obamaning fikricha, birinchi darajali narsa bu diplomatiya kuchi hamda inson huquqlari himoyasiga bo‘lgan sadoqatdir.

“Biz boshqa davlatlar bilan terrorchilik va iqlim o‘zgarishi singari masalalarda hamkorlik qilishimiz lozim”, - qo‘shimcha qildi Obama.

Top