14:52 / 05.11.2015
13871

O‘zbekistonda qo‘lga olingan ekstremistlar Qirg‘izistondagi shaxslardan topshiriqlar olgani ma'lum bo‘ldi

Shu yilning kuzida O‘zbekistonda qo‘lga olingan bir guruh ektremistlar qirg‘izistonlik sheriklaridan ko‘rsatma olib turgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda 12news.uz resursi huquq-tartibot organlari vakillariga tayangan holda xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Toshkent shahrida noqonuniy faoliyatda gumon qilingan bir guruh salafiylar qo‘lga olingan edi.

“Guruh a'zolari harbiy harakatlarda ishtirok etish maqsadida arab davlatlariga “hijrat” qilishni rejalashtirishgan, - deyiladi xabarnomada. – Buning uchun ular Suriyaning “Jannat oshiqlari” terrorchi harakati bilan aloqalar o‘rnatgan. Bundan tashqari, salafiylar “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik guruhi bilan aloqaga chiqqan”.
Aloqani Abdulaziz Rahimov ismli shaxs ta'minlab bergan. Uning ko‘magida ikki radikal guruh o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatilgan, uchrashuvlar o‘tkazilgan, ularda O‘zbekistonda “xalifalik” tuzishga chaqiriqlar yangragan.

A. Rahimovning tan olishicha, asosiy ko‘rsatmalar guruhga qirg‘izistonlik “birodar”lardan kelgan.
“Buning uchun ular zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan, shu jumladan, internet tarmog‘idan foydalangan”, - ta'kidladi portalning suhbatdoshi.

Top