20:48 / 05.11.2015
2827

Porsche Macan krossoveri yangilandi

Porsche kompaniyasi 2016 yilda chiqadigan Macan krossoverini taqdim etdi. Ushbu yo‘ltanlamas qo‘shimcha personal imkoniyatlar va kengaytirilgan qurilmalarga ega bo‘ldi.

“Makan” svetodiodli faralar va rul boshqaruvining modernizatsiyalangan tizimi bilan boyitildi. Krossover yetti dyyumli sensor displeyli informatsion-ko‘ngilochar majmua bo‘lmish PCM qurilmasi, Wi-Fi nuqtasi, Siri ovozli boshqaruviga ega Apple CarPlay qurilmasi bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Joriy yilning oktabr oyi so‘nggida Tokioda bo‘lib o‘tgan avtosalonda Porsche kompaniyasi “Makan”ning GTS versiyasini taqdim etgan edi. Krossoverning ushbu varianti uch litrli 360 ot kuchi bilan ta'minlab beruvchi V6 agregati bilan jihozlangan.

Porsche Macan krossoverining yangilangan variantini Yevropada buyurtma berish mumkin. Uning eng arzon modeli S Diesel 60,5 ming yevro, GTS varianti esa 73,4 ming yevro, Turbo varianti esa 83,7 ming yevro qiymatida turadi.

Top