00:30 / 05.11.2015
3274

Putin mamlakat birdamligi fikrlar bir xilligini anglatmasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat birdamligi fikrlar bir xilligini anglatmasligini aytdi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.

“Albatta, birdamlik fikrlar, mavjud muammolar, mamlakatning kelajagi, uning rivojlanish yo‘llari borasidagi qarashlar bir xil bo‘lishini anglatmaydi”, deb aytdi Putin faol fuqarolarning “Soobshchestvo” anjumanidagi nutqida.

Putin “bu bahslar, ba'zida juda o‘tkir bahslar, negizida doimo bitta narsa – Vatanga muhabbat turishi kerak”, deb ta'kidladi.

4 noyabrda Rossiyada Xalq birdamligi kuni nishonlandi. Shu munosabat bilan Moskvada 85 mingdan ko‘proq odam ishtirokida “Biz birdammiz!” shiori ostida namoyish bo‘lib o‘tdi.

Top