14:50 / 05.11.2015
2867

Qozog‘istonda “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi haqida qonun qabul qilindi

Qozog‘iston Senati 5 noyabr kuni “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi to‘g‘risida”gi konstitutsion qonunni qabul qildi. Uni Expo 2017 xalqaro ko‘rgazmasi uchun quriladigan infrastruktura negizida tashkil qilishga mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘rsatma bergan edi.

“2017 biz Expo 2017 xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazamiz, u tugashi bilan qurilgan obektlarni moliyaviy markazga topshirmoqchimiz”, - degan edi may oyida Nazarboyev VIII Ostona iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida.

Top