08:20 / 05.11.2015
2697

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin polshalik Vax ustidan g‘alaba qozondi

4 noyabrda Tatariston poytaxti Qozonda “Mir boksa” promouterlik kompaniyasining yirik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Boks kechasining asosiy jangida Butunjahon boksyorlik uyushmasi (WBA) talqini bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin o‘z raqibi polshalik Mariush Vaxni 12-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi va WBC Silver unvonini himoya qildi. Shu g‘alaba evaziga rossiyalik bokschi WBC talqini bo‘yicha chempionlik kamari sohibi AQShlik Deontey Uaylder bilan jang o‘tkazish huquqini tasdiqladi. 

Jang keyingi yilning bahor-yozida AQShda o‘tkazilishi ehtimoli katta, bungacha esa amerikalik bokschi yanvarda o‘z kamarini boshqa bir jangda himoya qilishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari ushbu musobaqada quyidagi janglar bo‘lib o‘tdi:

WBA talqini bo‘yicha birinchi og‘ir vaznda chempionlik unvoni uchun jang: Denis Lebedev (Rossiya) (28-1, 21 KO) — Latif Kayode (Nigeriya) (21-1, 16 KO) — Lebedevning 8-raunddagi texnik nokaut bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

IBO talqini bo‘yicha birinchi og‘ir vaznda chempionlik unvoni uchun jang: Raxim Chaxkiyev (Rossiya) (23-2, 18 KO) — Ola Ofolabi (Buyuk Britaniya) (22-4-4, 10 KO) — Ofolabining 5-raunddagi nokaut bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

IBF/IBO talqinlari bo‘yicha birinchi o‘rta vaznda chempionlik unvoni uchun jang: Eduard Troyanovskiy (Rossiya) (23-0, 20 KO) — Sezar Rene Kuenka (Argentina) (48-1, 2 KO) — Troyanovskiyning 6-raunddagi texnik nokaut bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

Birinchi og‘ir vazndagi jang: Dmitriy Kudryashov (Rossiya) (18-1, 18 KO) — Olanrevaju Durodola (Nigeriya) (22-2, 20 KO) — Durodolaning 2-raunddagi texnik nokaut bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

O‘rta og‘ir vazndagi jang: Dmitriy Bivol (Rossiya) (5-0, 5 KO) — Jyekson Junior (Braziliya) (19-5, 17 KO) — Bivolning 2-raunddagi nokauti bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

Top