11:35 / 05.11.2015
3495

Saxalin sudi “Xudoga iltijo” kitobini ekstremistik deb tan olish haqidagi hukmni bekor qildi

Rossiyaning Janubiy Saxalin viloyat sudi “Xudoga iltijo” kitobini ekstremistik deb tan olish haqidagi hukmni bekor qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, sud viloyat prokuraturasining kitobning ayrim parchalarini ekstremistik deb topish borasidagi apellyatsiya taqdimotini rad qilishga qaror berildi.

“Bu muhim qarordir, - dedi Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning vakili Said-Magomed Chapanov. – Bu butun jahon hamjamiyatining g‘alabasidir. O‘z bayonoti bilan prokuratura Qur'on iqtiboslarini shubha ostiga qo‘ydi. Har bir musulmon kun davomida kamida 17 marta duo o‘qiydi. Bundan chiqdi, har bir musulmon kuniga 17 marta ekstremist ekan.

Qur'on suralarini man qilish xristianlarga “Otamiz”ni o‘qishga man qilishday gapdir”.
Ilgariroq Checheniston yetakchisi Qur'ondan parchalar keltirilgan kitobni ekstremistik ruhda deb topgan prokuratura bilan sudlashishni boshlab, uzr so‘rashni talab qilgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Top