09:59 / 05.11.2015
4272

Suriya armiyasi Damashq yaqinida saudiyalik yollanma jangchilar guruhini yo‘q qildi

Suriya hukumat qo‘shinlari Damashq shahri chetida 24 nafar xorijlik jangarilarni yo‘q qildi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, ularning aksariyat qismi Saudiya Arabistonidan kelganlardir.

“Maxsus operatsiya seshanba kuni boshlangan edi. Bir necha yuz m ichkariga kira oldik. Bir sutka davomida o‘nlab jangarilar o‘ldirildi, ular orasida 24 chet ellik, ko‘pchiligi Saudiya Arabistoni fuqarolaridir”, - dedi agentlikka suhbatdosh bo‘lgan suriyalik harbiy.

Barcha shaharlarda ko‘cha janglari davom etmoqda. Harbiylar “Jabhat an-Nusra” va “Ahror ash-Shom” jangarilari atrofidagi halqani siqib kelmoqda.

Top