22:55 / 05.11.2015
2883

Telegraph: sud britaniyalik ayolni onasining pullarini pirojniyga ishlatishni bas qilishga majburlab qo‘ydi

Buyuk Britaniya sudi 50 yoshli ayolni o‘zining keksa yoshdagi onasining pullarini sarflash huquqidan mahrum qildi. Ayol har oy onasining pulidan 250 funt sterlingga yaqinini pirojniy va xamir ichidagi sosiskalar sotib olishga sarflagan, deb yozmoqda The Telegraph nashri.

Ajrashgan bu ayol qariyalar uyida yashaydigan onasining yoniga muntazam ravishda qatnab, unga tarelka to‘la turli yegulik – cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan piroglardan tortib pechenelargacha olib kelgan.

Sud hakami Denzel Lash ayolni “nodonlikda” aybladi, chunki keksalarga xos bo‘lgan aqli zaiflikdan aziyat chekuvchi 70 yoshli onasi aksariyat hollarda bunday yegulikni yemaydi va uni yuvundiga tashlab yuboradi va shu tariqa bu mahsulotlarni sotib olishga sarflangan pul “chippakka chiqadi”.

Ta'kidlanishicha, keksa ayolning qizi onasining pullarini, uydagi moliyaviy holatni to‘liq nazorat qilgan. Sudning qaroriga ko‘ra, endilikda keksa ayolning pullarini aqliy qobiliyatlarida muammolari bor odamlarga yordam beradigan maxsus organ – vasiylik bo‘yicha jamoatchilik boshqarmasi nazorat qiladi.

Top