14:56 / 05.11.2015
2808

Toshkent shahrida yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan 3371ta korxona, bino va inshootlar faoliyati to‘xtatildi

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda Davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan ehtimoliy yong‘inlarni bartaraf etish maqsadida 4980ta korxona, tashkilot va xo‘jaliklar tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida IIBB Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar qilindi.

“Qish mavsumida Toshkent shahrida yong‘in xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumanida ta'kidlanishicha, mazkur tekshiruvlarda 96 mingdan ortiq kamchilik va nuqsonlar aniqlandi. Ayni paytgacha ularning 74 foizi bartaraf etildi.
Tekshiruvlar natijalari bo‘yicha yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan yoxud yong‘in nazorati xizmatlarining ko‘rsatmalarini bajarmayotgan 3362 nafar rahbar, javobgar shaxslar va fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Zudlik bilan bartaraf etilmasligi yong‘in sodir bo‘lishiga olib kelishi ehtimoli mavjud 3371ta korxona, bino va inshootlarning ish faoliyati vaqtinchalikka to‘xtatildi, 18270ta elektr uskuna, moslama va agregatlardan foydalanish taqiqlandi.

Top