16:39 / 05.11.2015
2783

Toshkent shahridagi 273ta umumta'lim maktabining isitish tizimlari ta'mirlandi

Bugunga qadar O‘zbekistondagi 145ta umumta'lim maktabi, 219ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 12ta maxsus maktab-internati va Mehribonlik uylarida kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda UzA nashri xabar berdi.

Shuningdek, 2 mingdan ziyod maktab, 1,5 mingga yaqin maktabgacha ta'lim muassasasi, 50 maxsus maktab-internati joriy ta'mirdan chiqarilgan.

Kuz-qish davrida 1089 qozonxona ta'mirlanib, 132 ming metrdan ziyod ichki, 9 ming metrdan ortiq tashqi isitish tizimlari almashtirildi, 225 ming kvadrat metrdan ziyod tomlar ta'mirlandi, qariyb 8 ming metr issiqlik tarmog‘i izolyatsiya qilindi.

"Toshkent shahrida 273 umumta'lim maktabining ichki va tashqi isitish tizimlari ta'mirdan chiqarildi. Hozirgi kunda o‘ttizdan ziyod isitish qozoni va 72 ming kvadrat metrdan ortiq tomni kapital va joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda", – deydi Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Uzoqov.

Joriy yilda to‘qqiz yuzdan ziyod ta'lim dargohida uch mingdan ortiq isitish qozoni almashtirilgan.

Top