17:33 / 05.11.2015
4244

Urganchda odamlarni aldab kelgan tillafurush ayol qo‘lga olindi

Urganchda odamlarni aldab kelgan tillafurush ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Salima ismli ayol Urganch bozorlaridan birida tilla buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Kunlardan bir kuni bozorga tilla taqinchoqlarini sotish uchun kelgan Gurbahor ismli ayol bilan tanishib qolib, uni turli yo‘llar bilan aldab, 4 mln so‘m narxdagi qimmatliklarni 2 mln so‘mga kelishib olgan. Lekin kelishilgan pullarni ham buyumlar egasiga bermagan.

Aldangan ayol IIBga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Ayol qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida uning boshqa shaxslarni ham xuddi shu yo‘l bilan aldab kelgani aniqlandi. Endilikda Salima sud oldida barcha aniqlangan barcha jinoiy epizodlar uchun javob beradi.

Top