15:37 / 05.11.2015
3103

WSJ: demokratlar Suriyaga qo‘shin jo‘natishni istamayapti

AQShning Demokratlar partiyasi yetakchilari prezident Barak Obamaning IShIDga qarshi kurashish uchun Suriyaga qo‘shin yuborish haqidagi qaroridan norozi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi.

Respublikachilar bu tashabbusni keragidan kichikroq miqyosda deb hisoblayotgan bo‘lsa, demokratlar hattoki 50 nafar jangchi ham ko‘plik qilishini e'tirof etmoqda.
“Prezident Suriyada hech qanday yer usti operatsiyalari bo‘lmasligini uqtirganidan so‘ng xavotirga tushmaslik mumkin emas, endi esa qo‘shinlarimiz ham u yerga yo‘llanmoqda”, - dedi Konnektikut shatati senatori Kris Myorfi.

Shu bilan birga, Oq Uy qo‘shinlar jang qilish emas, balki Suriya muxolifatiga maslahatlar berish uchun yo‘llanganini ta'kidlamoqda. Ammo demokratlar amaliyot va nazariya o‘rtasidagi chegara arzimas sabab bilan buzilish ehtimoli borligidan xavotirda.

Top