15:51 / 05.11.2015
3505

Xitoyda Apple himoyasini buzib, iPhone 6'ga qo‘shimcha xotira o‘rnatish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Xitoydagi bir nechta do‘konlar qo‘shimcha to‘lov evaziga iPhone 6 foydalanuvchilariga ularning smartfonlari xotirasini kengaytirib berishni taklif qilmoqda, deb yozmoqda SlashGear.

128 GB xotira o‘rnatish 92 dollarni tashkil qilsa, 64 GB xotira o‘rnatish esa 71 dollarga teng.

Ushbu xizmat bir qarashda oddiy tuyulsa-da, aslida juda murakkab jarayon hisoblanadi. Sababi Apple bunday holatlar uchun maxsus himoya ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, smartfon xotira moduli seriya raqami hamda unga o‘rnatilgan dasturning to‘g‘ri ekanini tekshiradi.

Hozirda ushbu xizmat faqatgina iPhone 6 smartfoniga ko‘rsatilmoqda. 

Top