20:37 / 06.11.2015
3657

2015 yilda mobil o‘yinlar uchun eng ko‘p Osiyo davlatlari pul sarflamoqda

Osiyo davlatlari — Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyalik foydalanuvchilar 2015 yilda mobil o‘yinlar uchun 12,7 mlrd dollar sarflashgan. Bu haqda SuperData tahliliy kompaniyasi hisobotiga asoslanib, VentureBeat xabar bermoqda.

Hisobotda keltirilishicha, eng ko‘p pulni yaponlar sarflashgan: 132 mln nafar odam 6,2 mlrd dollar pul ketgazgan. Nashrning keltirilishicha, bu AQSh ko‘rsatkichidan yuqori.
Osiyo davlatlari orasida mobil o‘ynovchilar soni bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda —785 mln nafar kishi. Ular 2015 yilda iOS va Android tizimidagi o‘yinlarga 5,2 mlrd dollar sarflashgan. Janubiy Koreya esa 1,3 mlrd dollar bilan kuchli uchlikka kirgan.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, Osiyoda mobil o‘yinlar eng tez o‘sayotgan davlat Hindistondir. Hozir hind foydalanuvchilari o‘yinlar uchun 416 mln dollar sarflamoqda. Bu raqamlar 2018 yilga kelib 1,2 mlrd dollarga yetishi mumkin.

Top